O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi o'z vakolatlari doirasida:
normativ-huquqiy hujjatlarning ijro etilishi masalalari yuzasidan davlat organlari va tashkilotlarga tushuntirishlar beradi hamda zarur yordam ko'rsatadi;
normativ-huquqiy hujjatlarning davlat boshqaruvi organlari tomonidan ijro etilishi masalalariga doir uslubiy ko'rsatmalarni ishlab chiqadi;
normativ-huquqiy hujjatlarning davlat boshqaruvi organlari tomonidan ijro etilishi monitoringi va tahlilini o'tkazadi, ushbu sohadagi muammolarni bartaraf etish bo'yicha takliflar ishlab chiqadi;
davlat boshqaruvi organlarining normativ-huquqiy hujjatlarni ijro etish bo'yicha faoliyatini muvofiqlashtirishni amalga oshiradi;
davlat boshqaruvi organlarida va tashkilotlarda normativ-huquqiy hujjatlarning ijrosi nuqtai nazaridan ijro intizomiga rioya etilishini o'rganadi, shu asosda O'zbekiston Respublikasi Prezidentiga va O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritish uchun axborot-tahliliy hujjatlarni tayyorlaydi.
O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
lex.uz’dagi asl matn«Normativ-huquqiy hujjatlar to'g'risida»gi qonun
50-modda. O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining normativ-huquqiy hujjatlar ijrosini tashkil etishga doir vakolatlari
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.