Vazirliklar va idoralar o'z vakolatlari doirasida:
normativ-huquqiy hujjatlarning o'z vaqtida ijro etilishiga qaratilgan zarur tadbirlarni ishlab chiqadi va (yoki) choralar ko'radi;
O'zbekiston Respublikasi qonunlarining, O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari qarorlarining, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari va qarorlarining, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlarining ijro etilishiga qaratilgan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari ishlab chiqilishini amalga oshiradi;
normativ-huquqiy hujjatlar matnlarining tarqatilishini ta'minlaydi, shuningdek normativ-huquqiy hujjatlarning ijrochilarga yetkazilishi hamda mohiyati va ahamiyati aholi o'rtasida tushuntirilishiga doir ishlarni boshqa davlat organlari hamda tashkilotlar bilan birgalikda tashkil etadi;
normativ-huquqiy hujjatlar to'g'ri va bir xilda qo'llanilishini ta'minlash uchun o'z xodimlarini tayyorlashni, qayta tayyorlashni hamda ularning malakasini oshirishni tashkil etadi;
normativ-huquqiy hujjatlarning ijro etilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi, tegishli tarmoqda qonunchilikning qo'llanilish amaliyotini o'rganadi va, zarur bo'lganda, qonunchilikni takomillashtirish yuzasidan takliflar kiritadi;
normativ-huquqiy hujjatlarning tizimlashtirilgan hisobini belgilangan tartibda yuritadi.
Vazirliklar va idoralar qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
lex.uz’dagi asl matn«Normativ-huquqiy hujjatlar to'g'risida»gi qonun
51-modda. Vazirliklar va idoralarning normativ-huquqiy hujjatlar ijrosini tashkil etish hamda ta'minlashga doir vakolatlari
(51-модданинг номи Ўзбекистон Республикасининг 2023 йил 28 ноябрдаги ЎРҚ-880-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 29.11.2023 й., 03/23/880/0905-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.