«Nogironligi bo'lgan shaxslarning huquqlari to'g'risida»gi qonun

14-modda. Mahalliy davlat hokimiyati organlarining nogironligi bo'lgan shaxslarning huquqlarini ta'minlash sohasidagi vakolatlari

(14-модда Ўзбекистон Республикасининг 2025 йил 30 декабрдаги ЎРҚ-1109-сонли Қонунига асосан биринчи қисм билан тўлдирилган — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 30.12.2025 й., 03/25/1109/1241-сон)

Mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlari nogironligi bo'lgan shaxslarni reabilitatsiya qilish, ijtimoiy himoya qilish va ularning huquqlarini ta'minlashga doir hududiy dasturlarni tasdiqlaydi hamda ularning bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi, shuningdek nogironligi bo'lgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish o'rinlarining eng kam sonini tasdiqlaydi. Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari: nogironligi bo'lgan shaxslarning huquqlari to'g'risidagi qonunchilik ijrosini ta'minlaydi; nogironligi bo'lgan shaxslarni reabilitatsiya qilish, ijtimoiy himoya qilish va ularning huquqlarini ta'minlashga doir hududiy dasturlarni shakllantiradi, mahalliy davlat hokimiyati vakillik organiga tasdiqlash uchun kiritadi hamda amalga oshiradi; nogironligi bo'lgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish o'rinlarining eng kam sonini shakllantiradi va xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlariga tasdiqlash uchun kiritadi. Mahalliy davlat hokimiyati organlari qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.