«Nogironligi bo'lgan shaxslarning huquqlari to'g'risida»gi qonun

15-modda. Nogironligi bo'lgan shaxslar ishlari bo'yicha idoralararo kengash

(15-модданинг учинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2024 йил 5 сентябрдаги ЎРҚ-955-сонли Қонунига асосан чиқарилган — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 09.09.2024 й., 03/24/955/0688-сон)

Nogironligi bo'lgan shaxslarning huquqlarini ta'minlash sohasidagi davlat siyosatini amalga oshiruvchi davlat organlari faoliyatini muvofiqlashtirish va ushbu Qonunning qoidalari bajarilishini ta'minlashga qaratilgan kelishilgan sa'y-harakatlarni ishlab chiqish uchun O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan Nogironligi bo'lgan shaxslar ishlari bo'yicha idoralararo kengash tashkil etiladi. Nogironligi bo'lgan shaxslar ishlari bo'yicha idoralararo kengash tarkibiga nogironligi bo'lgan shaxslarning huquqlarini ta'minlash sohasidagi davlat siyosatini amalga oshirish o'z vakolatiga kiradigan vazirliklar, idoralar va tashkilotlar vakillari, shuningdek nodavlat notijorat tashkilotlari, shu jumladan nogironligi bo'lgan shaxslarning jamoat birlashmalari vakillari kiritiladi. Nogironligi bo'lgan shaxslar ishlari bo'yicha idoralararo kengashning majlislari zaruratga qarab, lekin yarim yilda kamida bir marta rais tomonidan chaqiriladi. Nogironligi bo'lgan shaxslar ishlari bo'yicha idoralararo kengash to'g'risidagi nizom va uning shaxsiy tarkibi O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.