Majburiy avtosug'urta qoidalari (VM qarori №141, 2008)

I2-47²-band. V¹. Yo'l-transport hodisasi to'g'risidagi xabarnomani tuzish asoslari va tartibi — I2-47²-band

Yo'l-transport hodisasi to'g'risidagi xabarnomani tuzish uchun quyidagi asoslar bir vaqtning o'zida mavjud bo'lishi shart: yo'l-transport hodisasi jabrlanuvchiga yengil tan jarohati yetkazilishiga yoxud yo'l harakatini tartibga soluvchi vositalar yoki boshqa mol-mulk shikastlanishiga olib kelmagan bo'lsa; yo'l-transport hodisasida ishtirokchi bo'lgan haydovchilardan biri o'z aybiga to'liq iqror bo'lsa; yo'l-transport hodisasi piyoda ishtirokisiz sodir etilgan bo'lsa; yo'l-transport hodisasi ikkita transport vositasi (shu jumladan, tirkamali transport vositalari) to'qnashuvi natijasida ro'y bergan hamda faqat ushbu transport vositalariga shikast yetkazilgan bo'lsa; transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligi yo'l-transport hodisasi sodir etilguniga qadar sug'urta qilingan bo'lsa; yo'l-transport hodisasida ishtirok etgan haydovchilarda haydovchilik guvohnomasi, transport vositasi ro'yxatdan o'tkazilganligi to'g'risidagi guvohnoma, ishonchnoma (ishonchnoma talab etilmaydigan hollar bundan mustasno), yo'l varaqasi (qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda) mavjud bo'lib, mazkur hujjatlarning amal qilish muddati o'tmagan bo'lsa; yo'l-transport hodisasi ishtirokchilari bo'lgan haydovchilarda mastlik holati bo'lmasa; yo'l-transport hodisasi natijasida transport vositalarining shikastlanishi holatlari, shuningdek, transport vositalarining shikastlangan qismlari tavsiflari va ro'yxati yo'l-transport hodisasi ishtirokchilari o'rtasida kelishmovchiliklarni (nizolarni) keltirib chiqarmasa. Ushbu bandda ko'rsatilgan asoslardan bittasi mavjud bo'lmagan taqdirda, tuzilgan yo'l-transport hodisasi to'g'risidagi xabarnoma haqiqiy emas deb hisoblanadi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.