Majburiy avtosug'urta qoidalari (VM qarori №141, 2008)

I2-47³-band. V¹. Yo'l-transport hodisasi to'g'risidagi xabarnomani tuzish asoslari va tartibi — I2-47³-band

Yo'l-transport hodisasi to'g'risidagi xabarnoma haqiqiy emas deb topilgan taqdirda yoxud sug'urtalovchi tomonidan ishni ko'rib chiqish jarayonida aybdor taraf o'zgarganligi fakti aniqlangan taqdirda (aybdorlik videoyozuvlar yoxud ko'rik va (yoki) mustaqil ekspertiza natijalari asosida yaqqol namoyon bo'lganda) sug'urtalovchi yo'l-transport hodisasi to'g'risidagi xabarnomani va unga ilova qilingan hujjatlarni, shuningdek, ko'rik va (yoki) mustaqil ekspertiza natijalarini (aybdor taraf o'zgarganligi fakti aniqlangan hollarda) o'sha kunning o'zida ichki ishlar organlariga yuboradi. Yo'l-transport hodisasi to'g'risidagi xabarnomani ko'rib chiqish chog'ida aybdor taraf o'zgarganligi fakti aniqlanishi va boshqa tarafning aybini tasdiqlovchi materiallar yoki videoyozuvlar yoxud ushbu bandning birinchi xatboshisida ko'rsatilgan ko'rik va (yoki) mustaqil ekspertiza natijalari bo'lmaganda sug'urtalovchining yig'ilgan hujjatlarni ichki ishlar organlariga yuborishi sug'urtalovchi sug'urta tovonini to'lashni asossiz rad etgan deb baholanadi. Yo'l-transport hodisasi to'g'risidagi xabarnoma ushbu bandning ikkinchi xatboshisida ko'rsatilgan holda yuborilganda, ichki ishlar organlari uch ish kuni mobaynida xabarnoma va unga ilova qilingan hujjatlarni o'rganib chiqadi va yo'l-transport hodisasi yuzasidan xabarnoma tuzishni rad etuvchi holatlar mavjud emas deb topilganda xabarnoma hamda unga ilova qilingan materiallar va hujjatlarni sug'urtalovchiga qaytarib yuboradi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.