Investitsiya vositachisi tomonidan investorga yetkazilgan zararning o'rnini qoplash uchun qimmatli qog'ozlar savdosining tashkilotchisi har bir investitsiya vositachisiga tegadigan vositachilik haqining chegirib qolinadigan qismi hisobidan kafolat fondini shakllantiradi. Kafolat fondining mablag'lari investitsiya vositachilariga tegishli bo'lib, har bir investitsiya vositachisi bo'yicha alohida shakllantiriladi va hisobga olinadi.
Kafolat fondining mablag'laridan boshqa maqsadlarda foydalanilishi mumkin emas va ushbu mablag'lar investitsiya vositachisiga u investitsiya vositachisi sifatidagi faoliyatini tugatgan taqdirda qaytarilishi kerak.
Kafolat fondini shakllantirish va undan foydalanish tartibi qimmatli qog'ozlar bozorini tartibga solish bo'yicha vakolatli davlat organi tomonidan belgilanadi.
lex.uz’dagi asl matn«Qimmatli qog'ozlar bozori to'g'risida»gi qonun
23-modda. Kafolat fondi
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.