Qimmatli qog'ozlar bozorida professional faoliyat qimmatli qog'ozlar bozorini tartibga solish bo'yicha vakolatli davlat organi tomonidan beriladigan litsenziya asosida amalga oshiriladi, ushbu Qonunning 28, 29 va 31-moddalarida belgilangan hollar bundan mustasno.
Qimmatli qog'ozlar bozorida professional faoliyat quyidagilar sifatida amalga oshiriladi:
investitsiya vositachisi;
investitsiya maslahatchisi;
investitsiya fondi;
investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruvchi;
qimmatli qog'ozlarning birjadan tashqari savdosi tashkilotchisi.
Litsenziya talabgoriga uning arizasiga binoan qimmatli qog'ozlar bozorida professional faoliyatni yoki mazkur faoliyat turining bir qismini amalga oshirish uchun litsenziya berilishi mumkin. Litsenziya talabgori bo'lgan chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxona qimmatli qog'ozlar bozorida professional faoliyatni amalga oshirishga litsenziya berilganligi uchun davlat boji va litsenziya talabgorining litsenziya berish to'g'risidagi arizasini ko'rib chiqqanlik uchun yig'im to'lashdan ozod qilinadi. Qimmatli qog'ozlar bozorida professional faoliyatni amalga oshirish uchun litsenziya qimmatli qog'ozlar bozorida professional faoliyatni birga qo'shib olib borish uchun belgilangan cheklovlar hisobga olingan holda beriladi.
Qimmatli qog'ozlar bozori mutaxassisining malaka sertifikati bo'lgan kamida ikki xodimga ega yuridik shaxslargina (bundan investitsiya fondi mustasno) qimmatli qog'ozlar bozorining professional ishtirokchilari bo'lishi mumkin. Qimmatli qog'ozlar bozori mutaxassisining malaka sertifikati besh yil muddatga beriladi.
Qimmatli qog'ozlar bozorida professional faoliyatni amalga oshiruvchi yuridik shaxslarning tashkil etilishi, faoliyati, qayta tashkil etilishi va tugatilishi tartibi qonunchilikda belgilanadi.
Chet el tashkiloti tomonidan qimmatli qog'ozlar bozorida professional faoliyat yangi yuridik shaxsni — qimmatli qog'ozlar bozorining professional ishtirokchisini tashkil etish yoxud faoliyat ko'rsatayotgan yuridik shaxsning — qimmatli qog'ozlar bozori professional ishtirokchisining ustav kapitalida ishtirok etish yo'li bilan amalga oshiriladi.
lex.uz’dagi asl matn«Qimmatli qog'ozlar bozori to'g'risida»gi qonun
24-modda. Qimmatli qog'ozlar bozorida professional faoliyatni amalga oshirish
(24-модданинг тўртинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2025 йил 17 апрелдаги ЎРҚ-1057-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 17.04.2025 й., 03/25/1057/0351-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.