«Raqobat to'g'risida»gi qonun

31-modda. Vakolatli davlat organining boshqa davlat organlari bilan hamkorligi

Vakolatli davlat organining boshqa davlat organlari bilan hamkorligi raqobatni rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqishga qaratilgan o'zaro yordam to'g'risida, raqobatni cheklaydigan harakatlarning oldini olish bo'yicha chora-tadbirlar belgilash haqida, raqobat sohasida axborot almashishni amalga oshirish to'g'risida memorandumlar tuzish yo'li bilan amalga oshiriladi. Vakolatli davlat organi O'zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga muvofiq boshqa davlatlarning monopoliyaga qarshi organlariga xabarnomalar, axborot olish uchun so'rovlar yuboradi, ular bilan o'zaro maslahatlashuvlar o'tkazadi, axborot almashishni amalga oshiradi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.