«Reklama to'g'risida»gi qonun

40-modda. Tamaki mahsulotlarini hamda tamakini va nikotinni iste'mol qilish moslamalarini reklama qilish

Tamaki mahsulotlarini hamda tamakini va nikotinni iste'mol qilish moslamalarini reklama qilishga yo'l qo'yilmaydi. Tamaki mahsulotlarini hamda tamakini va nikotinni iste'mol qilish moslamalarini sotishni quyidagi yo'llar orqali rag'batlantirishga yo'l qo'yilmaydi: tamaki mahsulotlarining hamda tamakini va nikotinni iste'mol qilish moslamalarining namunalarini bepul tarqatish, shuningdek ularga nisbatan chegirmalar qo'llash; tamaki mahsulotlarining hamda tamakini va nikotinni iste'mol qilish moslamalarining nomidan, tovar belgisidan (xizmat ko'rsatish belgisidan) yoki tasviridan foydalaniladigan tadbirlarga homiylik qilish; tamaki mahsulotlarining hamda tamakini va nikotinni iste'mol qilish moslamalarining nomidan, tovar belgisidan (xizmat ko'rsatish belgisidan) yoki tasviridan foydalanilgan tovarlarni (futbolkalar, bosh kiyimlar, o'yinlarni va boshqa shu kabilarni), shuningdek bolalar o'yinchoqlariga, shirinliklarga yoki bolalarga mo'ljallangan boshqa tovarlarga o'xshatib chiqarilgan tamaki mahsulotlarini hamda tamakini va nikotinni iste'mol qilish moslamalarini tarqatish, shu jumladan sotish; savdo ob'yektlarining old tomonida, kirish (chiqish) joylarida, rastalarida, tashqariga olib chiqiladigan predmetlarida hamda boshqa joylarida tamaki mahsulotlarining hamda tamakini va nikotinni iste'mol qilish moslamalarining tasvirlarini, nomlarini hamda ular haqidagi boshqa axborotni joylashtirish; tamaki mahsulotlari, tamakini va nikotinni iste'mol qilish moslamalari bo'lmagan boshqa turdagi tovarlarni ishlab chiqarayotganda tamaki mahsulotlariga, tamakini va nikotinni iste'mol qilish moslamalariga, mazkur moslamalarning ashyolariga yoki alohida qismlariga o'xshatiladigan har qanday atamalar, ta'riflar, belgilar, ramzlar, tasvirlardan yoki boshqa alomatlardan foydalanish; rag'batlantiruvchi aktsiyalar yoki shunga o'xshash boshqa tadbirlar o'tkazish. Boshqa har qanday tovarlarning reklamasida tamaki mahsulotlarini iste'mol qilish hamda tamakini va nikotinni iste'mol qilish moslamalaridan foydalanish jarayonini namoyish etishga, shuningdek ushbu jarayon reklamadan foydalanuvchilarning ijtimoiy va sportga oid muvaffaqiyatga erishishi yoki jismoniy hamda ruhiy holati yaxshilanishi uchun muhim ahamiyatga ega degan taassurotni yuzaga keltirishga yo'l qo'yilmaydi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.