Pirotexnika vositalarini, qurollarning barcha turlarini va uning o'q-dorilarini, ularning tarkibiy qismlarini, portlovchi moddalarni va moslamalarni, texnikani, harbiy maqsadga mo'ljallangan mahsulotni reklama qilish taqiqlanadi, bundan saqlash hamda foydalanishga ruxsat berilgan ov va sport qurollari mustasno.
Ov va sport qurollarini reklama qilish faqat ixtisoslashtirilgan nashrlarda, shuningdek bevosita bunday qurolni realizatsiya qiladigan savdo tashkilotlarining xonalarida yoki tegishli ko'rgazmalarda (tadbirlarda) amalga oshiriladi.
Ov va sport qurollari reklamasi:
voyaga yetmaganlarga qaratilmagan bo'lishi;
unda voyaga yetmaganlarning tasviridan foydalanilmagan bo'lishi kerak.
lex.uz’dagi asl matn41-modda. Pirotexnika vositalari, qurol va uning o'q-dorilari, harbiy maqsadga mo'ljallangan mahsulotlar reklamasi
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.