Xalq tabobati tovarlari reklamasi:
xalq tabobati tovarlarini qo'llash natijasida kasalliklardan tuzalganlikning, inson sog'lig'i holati yaxshilanganligining muayyan hollariga havolalarni o'z ichiga olmasligi;
shifokorga murojaat etish kerak emasligi to'g'risida taassurot uyg'otmasligi;
xalq tabobati tovarlarini dori vositalari, ovqatga qo'shiladigan biologik faol qo'shimchalar va oziq-ovqat qo'shimchalari sifatida taqdim etmasligi;
sog'lom odamda xalq tabobati tovarlarini qo'llash zarurligi to'g'risida taassurot uyg'otmasligi;
voyaga yetmaganlarga qaratilmasligi;
xalq tabobati tovarlarini davlat ro'yxatidan o'tkazish uchun majburiy bo'lgan tadqiqotlar olib borilganligi faktiga havola qilish yo'li bilan xalq tabobati tovarlarining afzalliklari to'g'risida tasavvur hosil qilmasligi;
reklamadan foydalanuvchilarning sog'lig'ida muammolar va (yoki) kasalliklari mavjudligi haqidagi ta'kidlarni o'z ichiga olmasligi;
xalq tabobati tovarlarining ijobiy ta'sirini, xavfsizligini, samaradorligini va nojo'ya ta'sirlari mavjud emasligini kafolatlamasligi;
xalq tabobati tovarlarining xavfsizligi va (yoki) samaradorligi ularning tabiiy kelib chiqishi bilan kafolatlanganligi to'g'risidagi ta'kidlarni o'z ichiga olmasligi kerak.
Xalq tabobati tovarlari reklamasi har bir holda ularni qo'llashga va ulardan foydalanishga qarshi ko'rsatmalar mavjudligi, qo'llashga doir yo'riqnoma bilan tanishish yoki mutaxassislardan maslahatlar olish zarurligi to'g'risidagi ogohlantirish bilan birga berilishi kerak.
Xalq tabobati yo'nalishida ruxsat etilmagan usullarni qo'llagan holda fuqarolarga tibbiy tashxis qo'yish va ularni davolash xizmatlarini reklama qilish taqiqlanadi.
Xalq tabobati tovarlari reklamasi bo'yicha rag'batlantiruvchi aktsiyalarni o'tkazish taqiqlanadi.
lex.uz’dagi asl matn45-modda. Xalq tabobati tovarlari reklamasi
(45-модда Ўзбекистон Республикасининг 2024 йил 5 ноябрдаги ЎРҚ-991-сонли Қонунига асосан учинчи қисм билан тўлдирилган — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 05.11.2024 й., 03/24/991/0891-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.