«Reklama to'g'risida»gi qonun

46-modda. Lotereyalar, qimor o'yinlari va tavakkalchilikka asoslangan boshqa o'yinlar reklamasi

Qimor o'yinlari va tavakkalchilikka asoslangan boshqa o'yinlar, shu jumladan telekommunikatsiya tarmoqlaridan, shuningdek Internet jahon axborot tarmog'idan foydalangan holda tashkil etiladigan qimor o'yinlari va tavakkalchilikka asoslangan boshqa o'yinlar reklamasiga yo'l qo'yilmaydi. Lotereyalar reklamasi har bir holda voyaga yetmaganlarning lotereyalarda ishtirok etishiga yo'l qo'yilmasligi to'g'risidagi ogohlantirish bilan birga berilishi kerak.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.