Shaharsozlik kodeksi

25-modda. Shaharsozlik hujjatlari ekspertlarining huquqlari va majburiyatlari

Shaharsozlik hujjatlari ekspertlari: hududlarni shaharsozlik jihatidan rejalashtirish loyihalari bo'yicha kompleks shaharsozlik ekspertizasida ekspert komissiyalari (ekspert guruhlari) tarkibida ishtirok etishga; buyurtmachilardan va ishlab chiquvchilardan zarur materiallarni hamda axborotni so'rash va olishga; shaharsozlik faoliyatining professional ixtisoslashuviga muvofiq loyihalarning alohida bo'limlari (qismlari) bo'yicha ekspertizani amalga oshirish, ular bo'yicha mahalliy ekspertiza xulosalarini tuzishga. Ayrim bo'limlar (qismlar) bo'yicha ekspertizaning lokal xulosalari shaharsozlik hujjatlarini yaxlit tarzda tasdiqlash uchun asos hisoblanmaydi va ekspertizaning jamlanma xulosasini tuzishda foydalaniladi; buyurtmachi ekspertiza xulosasida qayd etilgan shartlarni (talablarni) bajarmagan hollarda ekspert tashkiloti tomonidan ilgari berilgan ekspertiza xulosasini chaqirib olinishini taklif qilishga haqlidir. Shaharsozlik hujjatlari ekspertlariga quyidagilar taqiqlanadi: mazkur ekspert tayyorlanishida bevosita yoki bilvosita ishtirok etgan loyihalar yuzasidan yoxud er (xotin) va (yoki) boshqa yaqin qarindoshlar ishtirokida bajarilgan loyihalar yuzasidan ekspertiza o'tkazish; shaharsozlik faoliyatining sub'yektlari bilan mehnatga oid, moliyaviy jihatdan va (yoki) boshqacha tobelik munosabatlarida bo'lish. Shaharsozlik hujjatlari ekspertlari: shaharsozlik hujjatlarining ko'rib chiqilayotgan loyihalari bo'yicha davlat sirlarining va qonun bilan qo'riqlanadigan boshqa sirning maxfiyligiga rioya etishi hamda saqlanishini ta'minlashi; o'z kasbiy malakasini oshirib borishi; kasbiy odob-axloq qoidalariga rioya etishi shart. Shaharsozlik hujjatlari ekspertlari qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlar ham ega bo'lishi va ularning zimmasida boshqa majburiyatlar ham bo'lishi mumkin. Ekspertiza sifatsiz o'tkazilganligi hollari aniqlangan taqdirda ekspertlar va ekspert tashkilotlari qonun hujjatlariga muvofiq javobgar bo'ladi. Ekspertlar va ekspert tashkilotlari o'z faoliyatida shaharsozlik faoliyati sub'yektlaridan mustaqildir. Shaharsozlik hujjatlarini ko'rib chiqish va ular bo'yicha ekspertiza xulosalarini tayyorlash vaqtida hech kim ekspertlar yoki ekspert tashkilotlari ishiga aralashishga haqli emas.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.