Qurilishni nazorat qilish shaharsozlik faoliyati sub'yektlari tomonidan qurilishga tayyorgarlik ko'rish, shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish, qurilish-montaj, ishga tushirish-sozlash ishlarini bajarish, ob'yektni foydalanishga qabul qilib olish davrida shaharsozlik to'g'risidagi qonun hujjatlariga hamda shaharsozlik normalari va qoidalari talablariga rioya etilishini ta'minlash maqsadida amalga oshiriladi.
Shaharsozlik faoliyati ob'yektlarini qurish chog'ida quyidagilarning amalga oshirilishi ta'minlanishi kerak:
qurilish ustidan davlat nazorati;
buyurtmachining texnik nazorati;
ishlab chiquvchining mualliflik nazorati;
pudratchining ichki nazorati.
lex.uz’dagi asl matn26-modda. Qurilishni nazorat qilish
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.