Shaharsozlik kodeksi

28-modda. Texnik nazorat

Shaharsozlik faoliyati ob'yektlarini qurish va rekonstruktsiya qilishda texnik nazorat buyurtmachi tomonidan texnik nazorat bo'yicha mutaxassisni biriktirish yoki ushbu faoliyat turini amalga oshirish huquqiga ega bo'lgan yuridik shaxsni shartnoma asosida jalb qilish yo'li bilan amalga oshiriladi. Texnik nazorat bo'yicha mutaxassis qonun hujjatlarida belgilangan tartibda sertifikatlashtirilgan bo'lishi kerak. Texnik nazorat bo'yicha mutaxassis: pudratchi tomonidan tashkiliy-texnologik hujjatlar va shaharsozlik hujjatlari talablariga rioya etilishi, shuningdek qurilish ob'yektida qurilish-montaj ishlarining sifatining ta'minlanishi ustidan nazoratni amalga oshiradi; yashirin ishlarni tekshirish va muhim konstruktsiyalarni oraliq qabul qilish to'g'risidagi dalolatnomalarni rasmiylashtirishda qatnashadi; texnik nazorat jurnalining to'g'ri yuritilishini ta'minlaydi; qurilish jarayonida yo'l qo'yilgan qoidabuzarliklarni bartaraf etish yuzasidan pudratchilar va mualliflik nazorati bo'yicha mutaxassislar tomonidan ijro etilishi majburiy bo'lgan ko'rsatmalar beradi; konstruktsiyalarning ishonchliligiga hamda binolar va inshootlarning zilzilabardoshliligiga ta'sir ko'rsatuvchi, shuningdek inson hayoti va sog'lig'iga tahdid soluvchi kamchiliklar aniqlanganda, buyurtmachini hamda hududiy inspektsiyani ta'sirchan choralar ko'rish uchun xabardor qilgan holda, qurilish-montaj ishlarini to'xtatib turadi; qurilish ob'yektidagi qurilish-montaj ishlari sifatini muntazam ravishda nazorat qiladi. Ob'yektni qurish (rekonstruktsiya qilish) tugallangandan so'ng texnik nazorat bo'yicha mutaxassis buyurtmachiga bajarilgan qurilish-montaj ishlarining sifati to'g'risida xulosa beradi. Texnik nazorat bo'yicha mutaxassis qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.