Mualliflik nazorati ishlab chiquvchi tomonidan shartnoma asosida ob'yektni qurishning (rekonstruktsiya qilishning) butun davri davomida amalga oshiriladi. Ishlab chiquvchi mualliflik nazoratini amalga oshirish bo'yicha o'z vakolatlarini shartnoma asosida boshqa ishlab chiquvchiga, bu haqda buyurtmachini xabardor qilgan holda, topshirish huquqiga ega.
Mualliflik nazorati bo'yicha mutaxassis qonun hujjatlarida belgilangan tartibda sertifikatlashtirilgan bo'lishi kerak.
Mualliflik nazorati bo'yicha mutaxassis:
qurilish-montaj ishlarining tasdiqlangan shaharsozlik hujjatlarida qabul qilingan loyiha yechimlariga muvofiq bajarilishini nazorat qiladi;
yashirin ishlarni ko'rikdan o'tkazish va muhim konstruktsiyalarni oraliq qabul qilish to'g'risidagi dalolatnomalarni rasmiylashtirishda qatnashadi;
mualliflik nazorati jurnali to'g'ri yuritilishini ta'minlaydi va mualliflik nazorati jurnaliga tasdiqlangan shaharsozlik hujjatlaridan chetga chiqishlar to'g'risidagi yozuvlarni kiritadi, ular buyurtmachi va pudratchi tomonidan bajarilishi majburiydir;
tasdiqlangan shaharsozlik hujjatlaridan konstruktsiyalarning ishonchliligiga hamda binolar va inshootlarning zilzilabardoshliligiga ta'sir ko'rsatuvchi, shuningdek inson hayoti va sog'lig'iga tahdid soluvchi chetga chiqishlar aniqlanganda, buyurtmachini hamda hududiy inspektsiyani ta'sirchan choralar ko'rish uchun xabardor qilgan holda, qurilish-montaj ishlarini to'xtatib turadi;
qurilish ob'yektining tasdiqlangan shaharsozlik hujjatlariga muvofiqligi uchun javobgar bo'ladi.
Ob'yektni qurish (rekonstruktsiya qilish) tugallangandan so'ng mualliflik nazorati bo'yicha mutaxassis buyurtmachiga bajarilgan qurilish-montaj ishlarining shaharsozlik hujjatlariga muvofiqligi to'g'risida xulosa beradi.
Mualliflik nazorati bo'yicha mutaxassis qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
lex.uz’dagi asl matn29-modda. Mualliflik nazorati
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.