Aholi punktlarining bosh rejalari tasdiqlanganligi to'g'risidagi axborot jumlasiga quyidagilar kiradi:
shaharsozlik to'g'risidagi qonun hujjatlari;
davlat boshqaruvi organlarining, mahalliy davlat hokimiyati organlarining aholi punktlari bosh rejalarini tasdiqlash to'g'risidagi qarorlari haqidagi ma'lumotlar;
aholi punktlarining bosh rejalari to'g'risidagi hujjatlar va ma'lumotlar.
Davlat boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari jamoatchilik muhokamalarining yakuniy hujjatlarini, jamoatchilik ekspertizalarining xulosalarini ommaviy axborot vositalarida va maxsus vakolatli davlat organining Internet tarmog'idagi rasmiy veb-saytida e'lon qilish, dasturlar va shaharsozlik hujjatlarini namoyish qilishga doir tadbirlar orqali jamoatchilik nazorati sub'yektlarini aholi punktlarining bosh rejalari tasdiqlanganligi haqida tegishli qaror qabul qilingan paytdan e'tiboran besh kundan ko'p bo'lmagan muddat ichida xabardor qilishi shart.
Aholi punktlarining bosh rejalari tasdiqlanganligi to'g'risidagi axborot O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, shaharsozlik faoliyati sohasidagi maxsus vakolatli davlat organi, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan taqdim etiladi.
lex.uz’dagi asl matn37-modda. Aholi punktlarining bosh rejalari tasdiqlanganligi to'g'risidagi axborot
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.