Shaharsozlik kodeksi

38-modda. Aholi punktlari bosh rejalarining jamoatchilik muhokamasi

Jamoatchilik nazorati sub'yektlari tomonidan shaharsozlik hujjatlarining yuridik va jismoniy shaxslar, jamiyat va davlat manfaatlariga muvofiqligi yuzasidan muhokama qilinishi aholi punktlari bosh rejalarining jamoatchilik muhokamasidir. Aholi punktlari bosh rejalarining jamoatchilik muhokamasi quyidagi tartibda o'tkaziladi: 1) muhokama boshlanishidan o'n kun avval jamoatchilik nazorati sub'yektlarini jamoatchilik muhokamasini o'tkazish muddatlari va tartibi bilan aholi punktining bosh rejasi to'g'risidagi axborotni taqdim etgan holda tanishtirish. Jamoatchilik nazorati sub'yektlarini tanishtirish: ommaviy axborot vositalarida va maxsus vakolatli davlat organining Internet tarmog'idagi rasmiy veb-saytida tegishli e'lonlar berish; korxonalarning, muassasalarning va tashkilotlarning binolarida, jamoat joylarida, taxmin qilinayotgan qurilish maydonchasi hududida bannerlar (plakatlar) va tashqi reklama vositalarini o'rnatish; ekspozitsiyalar tashkil etish; qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa shakllardan foydalanish orqali amalga oshiriladi; 2) jamoatchilik muhokamasini o'tkazish, aholi punktining bosh rejasiga oid fikrlarni to'plash va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa shakllar. Aholi punkti bosh rejasining jamoatchilik muhokamasini o'tkazish davomiyligi kamida o'n besh kundan iborat bo'lishi kerak; 3) bildirilgan mulohazalarni qayd etish (so'rovnomalar, audiovideoyozuv, kelishib olish varaqasi, ishtirokchilarning yozma takliflari, jamoatchilik muhokamasi yig'ilishining bayonnomasi); 4) jamoatchilik muhokamasi yakunlari bo'yicha xulosaning muhokama yakunlanganidan keyin o'n besh kundan kechiktirmay jamoatchilik nazorati sub'yektlari tomonidan ommaviy axborot vositalarida va maxsus vakolatli davlat organining Internet tarmog'idagi rasmiy veb-saytida e'lon qilinishi. Aholi punktlarining bosh rejalari jamoatchilik muhokamasi natijalari hisobga olingan holda tasdiqlanadi. Aholi punkti bosh rejasining o'tkazilgan jamoatchilik muhokamasi materiallari bosh reja amal qiladigan butun muddat mobaynida buyurtmachida va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organida saqlanadi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.