Shaharsozlik kodeksi

42-modda. Aholi punktining tasdiqlangan bosh rejasiga o'zgartirishlar kiritish to'g'risida qarorlar qabul qilish

Aholi punktining tasdiqlangan bosh rejasiga o'zgartirishlar kiritish to'g'risidagi takliflar ekspert baholash natijalari olinganidan keyin o'n besh kunlik muddatda buyurtmachilar tomonidan arizachi yoki uning vakolatli vakili ishtirokida ko'rib chiqiladi. Aholi punktining tasdiqlangan bosh rejasiga o'zgartirishlar kiritish to'g'risidagi takliflarni ekspert baholash buyurtmachi mablag'lari hisobidan tegishli tashkilotlarni jalb etgan holda o'tkaziladi. Aholi punktining tasdiqlangan bosh rejasiga o'zgartirishlar kiritish ishlab chiquvchi tomonidan buyurtmachining mablag'lari hisobidan amalga oshiriladi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.