Shaharsozlik kodeksi

43-modda. Aholi punktining muqobil bosh rejasini ishlab chiqish tartibi

Aholi punktining muqobil bosh rejasi aholi punktining taklif etilgan bosh rejasidan norozi bo'lgan jamoatchilik nazorati sub'yektlarining tashabbusiga ko'ra va ularning mablag'lari hisobidan bajariladigan loyihaviy, ilmiy ishlanmadan iborat. Aholi punkti muqobil bosh rejasining tashabbuskori mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organiga o'z aholi punktining bosh rejasini muqobil bosh reja deb topish to'g'risida yozma ariza bilan murojaat qiladi. Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organi yozma arizani olganidan keyin aholi punkti bosh rejasining tayyorlik darajasini hisobga olgan holda, uni muqobil bosh reja deb topish hamda jamoatchilik ekspertizasiga va jamoatchilik muhokamalariga taqdim etish yoki uni asoslangan holda rad etish haqida qaror qabul qiladi. Aholi punktining bosh rejasini muqobil bosh reja deb topishni rad etish to'g'risidagi qaror ustidan ushbu Kodeksning 39-moddasida nazarda tutilgan tartibda shikoyat qilinishi mumkin. Aholi punktining muqobil bosh rejasini ishlab chiqish, ekspertiza qilish, kelishib olish va uning jamoatchilik muhokamasi ushbu Kodeksda belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Aholi punktining bosh rejasi muqobil bosh reja deb topilgan taqdirda, tashabbuskorga uni ishlab chiqish bilan bog'liq xarajatlarning o'rni ushbu bosh rejaning buyurtmachisi tomonidan qoplanadi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.