Shaharsozlik kodeksi

44-modda. Shaharsozlik hujjatlarining tarkibi

(44-модда биринчи қисми 1-бандининг иккинчи хатбошиси Ўзбекистон Республикасининг 2024 йил 10 сентябрдаги ЎРҚ-960-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 11.09.2024 й., 03/24/960/0699-сон)

Shaharsozlik hujjatlari tarkibiga quyidagilar kiradi: 1) O'zbekiston Respublikasining hududini va hududining qismlarini rivojlantirishni rejalashtirish to'g'risidagi hujjatlar: O'zbekiston Respublikasi hududini rivojlantirishni rejalashtirish bosh tarhi; O'zbekiston Respublikasi hududining ikki va undan ortiq viloyat hududlarini o'z ichiga olgan qismlarini rivojlantirishni rejalashtirish tarhlari (bundan buyon matnda shaharsozlik jihatidan rejalashtirishning biriktirma tarhlari deb yuritiladi); O'zbekiston Respublikasi hududlarini rivojlantirishni rejalashtirish tarhi; O'zbekiston Respublikasi hududini rivojlantirishning tarmoq tarhlari; 2) O'zbekiston Respublikasining viloyatlari hududlarini rivojlantirishni rejalashtirish to'g'risidagi hujjatlar: Qoraqalpog'iston Respublikasi va viloyatlar hududlarini rivojlantirishni rejalashtirish tarhlari; tumanni (tumanlar guruhlarini) rejalashtirish loyihasi; 3) aholi punktlarining hududlarini rivojlantirishni rejalashtirish to'g'risidagi hujjatlar: aholi punktlarining bosh rejalari; aholi punktlari chegara chiziqlarining loyihalari; aholi punktlari hududlarini rivojlantirishning tarmoq tarhlari; aholi punktlarining hududlarini shaharsozlik jihatidan rivojlantirish tarhlari; 4) aholi punktlarining hududlarini qurish to'g'risidagi hujjatlar: batafsil rejalashtirish loyihasi; qurish loyihasi; 5) shaharsozlik faoliyati ob'yektlarining qurilishi uchun loyihaoldi va loyiha hujjatlari: qurilishning texnik-iqtisodiy asosi; qurilishning texnik-iqtisodiy hisob-kitoblari; loyiha hujjatlari (ishchi loyiha, loyiha-smeta hujjatlari, ishchi hujjatlar). Qonun hujjatlariga muvofiq shaharsozlik hujjatlari tarkibiga shaharsozlik hujjatlarining boshqa turlari ham kirishi mumkin.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.