Qoraqalpog'iston Respublikasi va viloyatlar hududlarini rivojlantirishni rejalashtirish tarhlarida quyidagilarni nazarda tutuvchi loyiha yechimlari belgilanadi:
hududlarning zonalashtirilishi;
aholini joylashtirish tizimlarini takomillashtirishning, aholi punktlarini rivojlantirishning asosiy yo'nalishlari;
sanoatni, qishloq xo'jaligini, viloyatlararo hamda aholi punktlariaro ahamiyatga molik muhandislik, transportga oid va ijtimoiy infratuzilmalarni rivojlantirishning asosiy yo'nalishlari;
aholi punktlarining va shaharlar shahar atrofi zonalarining chegaralari;
shaharsozlik vositalari orqali Qoraqalpog'iston Respublikasi va viloyatlar hududlarini tabiiy hamda texnogen xususiyatga ega favqulodda vaziyatlar ta'siridan muhofaza qilish, ekologik holatni yaxshilash, madaniy meros ob'yektlari hududlarini saqlash chora-tadbirlari;
Qoraqalpog'iston Respublikasi va viloyatlar hududlarini rivojlantirishga doir boshqa loyiha yechimlari.
Qoraqalpog'iston Respublikasi va viloyatlar hududlarini rivojlantirishni rejalashtirish tarhlaridagi loyiha yechimlari O'zbekiston Respublikasi taraqqiyot strategiyasi, shuningdek xalqaro va mintaqaviy integratsiya jarayonlari, qo'shni davlatlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish bo'yicha hududiy dasturlari hamda jahon tamoyillari hisobga olingan holda uzoq muddatli istiqbolga mo'ljallab ishlab chiqiladi.
lex.uz’dagi asl matn51-modda. Qoraqalpog'iston Respublikasi va viloyatlar hududlarini rivojlantirishni rejalashtirish tarhlari
(51-модданинг номи Ўзбекистон Республикасининг 2024 йил 10 сентябрдаги ЎРҚ-960-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 11.09.2024 й., 03/24/960/0699-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.