O'zbekiston Respublikasi hududini rivojlantirishning tarmoq tarhlarida:
energiya ta'minotini, gaz ta'minotini, aloqani, irrigatsiyani, suv ta'minotini va oqova suvlarni chiqarib yuborish tarmoqlarini rivojlantirish;
havo, temir yo'l, avtomobil, daryo transportini, quvur orqali yetkazib berish transportini va boshqa transport turlarini rivojlantirish;
hududlarni xavfli geologik va gidrogeologik jarayonlardan himoya qilish;
atrof-muhitni muhofaza qilish;
iqtisodiyot tarmoqlarining ishlab chiqarish kuchlarini joylashtirish;
O'zbekiston Respublikasi hududini rivojlantirishning boshqa masalalari bo'yicha asosiy ko'rsatkichlar va rejalashtirish yechimlari belgilanadi.
lex.uz’dagi asl matn52-modda. O'zbekiston Respublikasi hududini rivojlantirishning tarmoq tarhlari
(52-модданинг иккинчи хатбошиси Ўзбекистон Республикасининг 2024 йил 29 августдаги ЎРҚ-951-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 30.08.2024 й., 03/24/951/0673-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.