Daryolarning va boshqa qurimaydigan soylarning suvni muhofaza qilish zonasi doirasida sohil bo'yi mintaqasi ajratiladi.
Mazkur sohil bo'yi mintaqasida xo'jalik faoliyatini yuritish va har qanday turdagi binolar va inshootlarni qurish ishlari taqiqlanadi, bundan suv xo'jaligi ob'yektlarini qurish mustasno.
Daryolar va boshqa qurimaydigan soylar sohil bo'yi mintaqasining kengligi o'rtacha ko'p yillik suv sathi chizig'iga ko'ra aniqlanadi hamda daryolarda ularga tutashgan yerlarga va sohillar qiyaliklari tikligiga qarab ushbu Kodeksning 126-moddasida nazarda tutilgan o'lchamlarda belgilanadi.
Sohil bo'yi mintaqalari o'lchamlarining eng katta miqdorlari eng yemiriluvchan (yuviluvchan) tuproqlarga tegishli.
Daryolarning va boshqa qurimaydigan tabiiy suv oqimlarining sohil bo'yi mintaqalarini belgilash bo'yicha loyihalarni ishlab chiqishda joylardagi haqiqiy sharoitlar to'liq o'rganilganligi hisobga olingan holda, sohillar bo'yi mintaqalari kengligining yuqori chegarasi aniqlashtirilishi mumkin. Bunda sohillar bo'yi mintaqalari kengligining pastki chegarasini kamaytirishga yo'l qo'yilmaydi.
Tog' daryolari va boshqa qurimaydigan tabiiy suv oqimlari uchun sohil bo'yi mintaqasining kengligi har bir aniq holda tutashgan yerlardan foydalanish xususiyati va maqsadlaridan, shuningdek ularning suv holatiga ta'siridan kelib chiqqan holda belgilanadi.
Aholi punktlari doirasida daryolar va boshqa qurimaydigan tabiiy suv oqimlari sohil bo'yi mintaqalarining o'lchamlari joyning o'ziga xos xususiyatlari, shaharsozlik bosh rejasi hisobga olingan, ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o'zgarishi organlari, Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo'mitasi organlari, favqulodda vaziyatlar organlari, qurilish organlari, suv xo'jaligi organlari, qishloq xo'jaligi, kadastr organlari, gidrometeorologiya organlari va tegishliligi bo'yicha boshqa vakolatli davlat organlari bilan kelishuvga ko'ra belgilanadi.
lex.uz’dagi asl matn129-modda. Daryolar, qurimaydigan soylar va boshqa tabiiy suv oqimlari bo'ylab sohil bo'yi mintaqasi
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.