Suv kodeksi

130-modda. Suvi ichimlik, xo'jalik-maishiy va davolash-sog'lomlashtirish maqsadlari uchun foydalaniladigan kanallarning suvni muhofaza qilish zonalarini belgilash

Suvlarning holatiga ta'sir ko'rsatilishining oldini olish maqsadida suvi ichimlik, xo'jalik-maishiy va davolash-sog'lomlashtirish maqsadlari uchun foydalaniladigan kanallar bo'ylab suvni muhofaza qilish zonalari belgilanadi, ulardan sohil bo'yi mintaqasi ajratiladi. Suvi ichimlik, xo'jalik-maishiy va davolash-sog'lomlashtirish maqsadlari uchun foydalaniladigan kanallarning suvni muhofaza qilish zonalari kengligi geomorfologik, gidrogeologik sharoitlar, ularga tutash yerlardan foydalanish xususiyati hisobga olingan holda belgilanadi hamda ularning normal suv sathi chizig'idan ushbu Kodeksning 126-moddasida nazarda tutilgan o'lchamlarda qabul qilinadi. Suvi ichimlik, xo'jalik-maishiy va davolash-sog'lomlashtirish maqsadlarida foydalaniladigan kanallarning suvni muhofaza qilish zonalarini belgilash bo'yicha loyihalarni ishlab chiqishda joylardagi haqiqiy sharoitlar to'liq o'rganilganligi hisobga olingan holda, suvni muhofaza qilish zonalari kengligining yuqori chegaralari aniqlashtirilishi mumkin. Bunda suvni muhofaza qilish zonalari kengligining pastki chegarasini kamaytirishga yo'l qo'yilmaydi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.