Suv kodeksi

146-modda. Tashkilotlar va muassasalarning suvlarning zararli ta'sir ko'rsatishining oldini olish hamda uni bartaraf etish bo'yicha majburiyatlari

Tashkilotlar va muassasalar favqulodda vaziyatlar organlari, ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o'zgarishi organlari, suv xo'jaligi organlari, tog'-kon sanoati va geologiya organlari hamda boshqa manfaatdor organlar bilan kelishuvga ko'ra yoki shunga vakolatli bo'lgan davlat organlarining ko'rsatmalari bo'yicha: suv toshqinlarining, suv bosishi va zax bosishining; sohillar, himoya dambalari va boshqa inshootlar buzilib ketishining; yerlarning botqoqlanishi va sho'rlanishining; tuproqlar eroziyasining, jarliklar, o'pirilishlar yuzaga kelishining, sel oqimlarining va suvlarning boshqa zararli ta'sir ko'rsatishining oldini olishga hamda ularni bartaraf etishga doir tadbirlarni o'tkazishi shart.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.