Hududlarda toshqinlar va sel bo'lganda avariya holatlarining oldini olish hamda ularni bartaraf etish ishlarini bajarish mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan tashkil etiladi.
Suvning zararli ta'sir ko'rsatishi natijasida yuz beradigan tabiiy ofatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish ishlariga tezkor rahbarlik qilish uchun O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan zarur hollarda ma'muriy-hududiy birliklarda viloyat va tuman shtablari tashkil etiladi hamda toshqinlarga va sellarga qarshi kurashish bo'yicha hududiy komissiyalar tuzilib, ularning tarkibiga tegishli tashkilotlar va muassasalarning vakillari kiradi.
lex.uz’dagi asl matn147-modda. Suvning zararli ta'sir ko'rsatishi natijasida yuz beradigan tabiiy ofatlarning oldini olish va oqibatlarini bartaraf etishga doir chora-tadbirlar
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.