Suv yetkazib berish xizmatlari va suv xo'jaligi ob'yektlaridan foydalanish hamda ularga texnik xizmat ko'rsatish bilan bog'liq boshqa suv xo'jaligi xizmatlari pulli asosda ko'rsatiladi.
Suv yetkazib berganlik uchun to'lov suv yetkazib beruvchi tashkilotning xarajatlarini, shu jumladan foydalanishga doir va ma'muriy xarajatlarni, kelajakda suv yetkazib berish infratuzilmasini modernizatsiya qilish xarajatlarini qoplashga, shuningdek suv yetkazib beruvchi tashkilotning rentabelligini ta'minlashga qaratilgan.
Suv yetkazib berish uchun to'lovlar Davlat byudjeti hisobidan, shuningdek o'zaro subsidiyalash mexanizmi orqali amalga oshirilishi mumkin.
Bunda suv yetkazib berish xarajatlari bitta gidrografik zonada barcha suvdan foydalanuvchilar uchun bir xil bo'lishi kerak.
Suv yetkazib berish xizmatlari va boshqa suv xo'jaligi xizmatlari uchun to'lovlarning bazaviy stavkalari quyidagilar hisobga olingan holda O'zbekiston Respublikasi Suv xo'jaligi vazirligi hamda O'zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan tasdiqlanadi:
suv tejashni rag'batlantirish va tariflarni yetkazib berilgan suv hajmlariga bog'lash zaruriyati;
mazkur gidrografik zonadagi suvlilik darajasi;
turli hududlardagi suvdan foydalanuvchilar uchun suv yetkazib berish xarajatlaridagi tafovutlar va bitta hudud doirasidagi suvdan foydalanuvchilar uchun tariflarni tenglashtirish;
davlatning ijtimoiy-iqtisodiy siyosatining ustuvor yo'nalishlari.
Suv yetkazib berish xizmatlari va boshqa suv xo'jaligi xizmatlari uchun to'lov undirish tartibi hamda shartlari suv yetkazib beruvchi tashkilotlar va suvdan foydalanuvchilar o'rtasidagi shartnomalarda belgilanadi.
Suv yetkazib berganlik uchun to'lov suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq tarkibiga qisman yoki to'liq kiritilishi mumkin.
Suv yetkazib berganlik uchun to'lovning suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq tarkibiga kiritilgan qismida suv yetkazib beruvchi tashkilot yoki soliq organlari tomonidan undiriladi.
lex.uz’dagi asl matn152-modda. Suv yetkazib berganlik va boshqa suv xo'jaligi xizmatlari uchun to'lov
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.