Suv kodeksi

153-modda. Suvlarni ifloslantirganlik uchun kompensatsiya to'lovlari

Suvlarni ifloslantirganlik uchun kompensatsiya to'lovlari «ifloslantiruvchi to'laydi» printsipiga asoslanib, unga muvofiq ifloslantirishni bartaraf etish, cheklash va kamaytirish chora-tadbirlari bilan bog'liq sarf-xarajatlar kompensatsiya to'lovlari sub'yekti tomonidan qoplanadi. Suv ob'yektlariga va joy relyefiga ifloslantiruvchi moddalarni normativ va normativdan ortiqcha, avariyali va bir yo'la chiqarish massasi kompensatsiya to'lovlari ob'yektidir. Suv ob'yektlariga va joy relyefiga ifloslantiruvchi moddalarning chiqarilishini amalga oshiruvchi yuridik va jismoniy shaxslar kompensatsiya to'lovlari sub'yektlaridir. Kompensatsiya to'lovlarini hisob-kitob qilish, to'lovlarni amalga oshirish va tushgan mablag'lardan foydalanish qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.