Suv xo'jaligida davlat-xususiy sheriklik «Davlat-xususiy sheriklik to'g'risida»gi O'zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq amalga oshiriladi.
Davlat-xususiy sheriklik printsiplari suv xo'jaligi tizimining davlat tashkilotlari va xususiy sektor o'rtasida davlat sektori tomonidan boshqariladigan hamda Davlat byudjeti hisobidan moliyalashtiriladigan suv xo'jaligi infratuzilmasi loyihalarini ishlab chiqishga, realizatsiya qilishga hamda moliyalashtirishga qaratilgan uzoq muddatli shartnomaviy sheriklik munosabatlarini nazarda tutadi.
Quyidagilar (xizmat ko'rsatuvchi tashkilotlarning mol-mulkini vaqtincha, doimiy boshqaruvga va boshqa shakllardagi boshqaruvga berish imkoniyati bilan) autsorsingga o'tkazilishi mumkin:
suv xo'jaligi ob'yektlaridan foydalanish va ularga texnik xizmat ko'rsatish;
suv xo'jaligi ob'yektlariga xizmat ko'rsatish bo'yicha boshqa xizmatlar.
Suv xo'jaligi ob'yektlarini va xizmatlarini autsorsingga o'tkazish hamda davlat-xususiy sheriklik faqat tanlov (tender) asosida shaffof tartib-taomillarga ko'ra amalga oshiriladi.
Suv xo'jaligi ob'yektlari davlat-xususiy sheriklik to'g'risidagi bitim asosida berilganda, ushbu suv ob'yektlarini boshqaruvga qabul qilgan xususiy sheriklar o'zining xizmat ko'rsatish zonasida:
faoliyat ko'rsatayotgan barcha suv xo'jaligi ob'yektlarini mustaqil boshqaradi;
suv olish limiti va suv yetkazib beruvchi tashkilotlarning suvdan foydalanuvchilar oldidagi shartnomaviy majburiyatlari doirasida suvdan foydalanuvchilarni belgilangan tartibda suv bilan ta'minlaydi;
suv bo'yicha to'liq hisobot va hisobdorlik yuritilishini ta'minlaydi, ushbu jarayonlarga avtomatlashtirilgan tizimni joriy etadi;
o'zining xizmat ko'rsatish zonasidagi barcha suv xo'jaligi ob'yektlari bosqichma-bosqich modernizatsiya qilinishini ta'minlaydi.
lex.uz’dagi asl matn154-modda. Suv xo'jaligida davlat-xususiy sheriklik va autsorsing
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.