Suv kodeksi

28-modda. Davlat strategik suv xo'jaligi dasturlari

Davlat strategik suv xo'jaligi dasturlari (suv xo'jaligini rivojlantirish kontseptsiyalari va ularni amalga oshirish strategiyalari) O'zbekiston Respublikasi Suv xo'jaligi vazirligi tomonidan manfaatdor vazirlik va idoralar, shuningdek Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi hamda viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda iqlim o'zgarishi sharoitlarida suv xavfsizligini ta'minlash va barqaror rivojlanishiga erishish bo'yicha chora-tadbirlar majmuini belgilash uchun o'rta muddatga (10 yilgacha) va uzoq muddatga (50 yilgacha) ishlab chiqiladi. Davlat strategik suv xo'jaligi dasturlari O'zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.