Suv kodeksi

29-modda. Suvdan va suv ob'yektlaridan foydalanish hamda ularni muhofaza qilishning havza yoki hududiy rejalari

Suvdan va suv ob'yektlaridan foydalanish hamda ularni muhofaza qilishning havza yoki hududiy rejalari suv resurslari havzasining xususiyatlarini hisobga olgan holda quyidagilar asosida tuziladi: suvdan kompleks foydalanish va uni muhofaza qilish sxemalari; davlat strategik suv xo'jaligi dasturlari; suv va suv ob'yektlari monitoringi ma'lumotlari; davlat suv kadastri; suv xo'jaligi balanslari; boshqa ma'lumotlar. Suvdan va suv ob'yektlaridan foydalanish hamda ularni muhofaza qilishning havza yoki hududiy rejalarida quyidagilar aks ettiriladi: suv resurslari havzasining tavsifi (iqlim o'zgarishining potentsial ta'siri, suv tanqisligi, qurg'oqchilik, toshqin va sellar, shuningdek suv resurslari bilan bog'liq boshqa favqulodda vaziyatlarning boshlanishi, suvning va suv ob'yektlarining tashqi manbalaridan ifloslanishi, shu jumladan transchegaraviy ifloslanishi xavfini baholash); suv ob'yektlarining va ichimlik suvi ta'minotining muhofaza zonalari tavsifi, shuningdek ushbu zonalarda taqiqlanishi yoki cheklanishi lozim bo'lgan xo'jalik va boshqa faoliyat turlari ro'yxati; havza yoki hudud chegarasidagi suv resurslarini manbalar va iqtisodiyot tarmoqlari hamda aholi tomonidan suvdan foydalanish hajmlari bo'yicha miqdor va sifat jihatidan baholash; atrof-muhitning ehtiyojlarini hisobga olgan holda suv resurslarining qo'shimcha zaxiralari; investitsiyaviy va moliyaviy ehtiyojlarni qoplash mumkin bo'lgan manbalarni aniqlagan holda ularni baholash; suvdan va suv ob'yektlaridan foydalanish ustuvorliklari hamda uni normalashtirish, suvdan foydalanish huquqini cheklash doiralari; suv bilan ta'minlanganlikni va iqlim o'zgarishiga doir chidamlilikni oshirish, suv resurslari bilan bog'liq favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish, bunday vaziyatlar yuz bergan taqdirda ularning oqibatlarini yumshatish va bartaraf etish tadbirlari, ushbu tadbirlarni amalga oshirish uchun xarajatlar. Suvdan va suv ob'yektlaridan foydalanish hamda ularni muhofaza qilishning havza yoki hududiy rejalari amalga oshirilishi havzani yoki hududni barqaror rivojlantirishga imkon beradigan boshqa qoidalarni ham o'z ichiga olishi mumkin.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.