Suv kodeksi

46-modda. Suv xo'jaligi balanslari

Suvning mavjud hajmini va undan foydalanish darajasini baholash uchun daryolar havzalari, havza irrigatsiya tizimlari hamda iqtisodiy mintaqalar bo'yicha suv xo'jaligi balanslari tuziladi. Suv xo'jaligi balanslari suvga doir munosabatlarni tartibga solish sohasidagi maxsus vakolatli respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan ularning vakolatlari doirasida tuziladi hamda O'zbekiston Respublikasi Suv xo'jaligi vazirligi tomonidan umumlashtiriladi. Suv xo'jaligi balansi kalendar yil uchun tuziladi va rejalashtirish davridan oldingi yilning 1 dekabridan kechiktirmay tasdiqlanadi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.