Suv kodeksi

47-modda. Suv resurslaridan kompleks foydalanish va ularni muhofaza qilish sxemalari

Suvdan, shu jumladan ekotizim ehtiyojlari uchun yetkazib beriladigan yoki ajratiladigan suvlardan kompleks foydalanish va ularni muhofaza qilishning bosh va havza (yoki hududiy) sxemalari, aholining hamda iqtisodiyot tarmoqlarining suvga bo'lgan istiqboldagi ehtiyojlarini qanoatlantirish, shuningdek suvlarni muhofaza qilish, ularning zararli ta'sirining oldini olish va uni bartaraf etish uchun zarur bo'lgan asosiy suv xo'jaligi tadbirlarini hamda boshqa tadbirlarni belgilab beradi. Suv resurslaridan kompleks foydalanish va ularni muhofaza qilish sxemalari asosida suv resurslarini boshqarishning havza (yoki hududiy) rejalari ishlab chiqiladi. Suvdan kompleks foydalanish va uni muhofaza qilishning bosh hamda havza (yoki hududiy) sxemalari davlat ekologik ekspertizasining majburiy ob'yektlaridir.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.