Suvning va suv ob'yektlarining davlat monitoringi:
suvning va suv ob'yektlarining holatini, suvning miqdori va sifatini muntazam ravishda kuzatib borish, ma'lumotlarni to'plash, saqlash, to'ldirish va ularga ishlov berish, suv va suv ob'yektlari holatining o'zgarishlarini baholash hamda prognoz qilish maqsadida amalga oshiriladi;
atrof tabiiy muhit davlat monitoringi tizimining tarkibiy qismidir;
gidrologik, gidrokimyoviy va gidrobiologik ko'rsatkichlar bo'yicha amalga oshiriladi.
Suvning va suv ob'yektlarining davlat monitoringi, shu jumladan masofadan zondlash sun'iy yo'ldoshlar, uchuvchisiz uchish apparatlari, samolyotlar, vertolyotlar hamda geoaxborot tizimlari kabi zamonaviy texnologiyalardan foydalangan holda amalga oshiriladi.
Suvning va suv ob'yektlarining davlat monitoringi natijalari:
atrof tabiiy muhit monitoringi tizimining Yagona geoaxborot ma'lumotlar bazasiga kiritiladi;
tegishli qarorlar qabul qilish uchun suvga doir munosabatlarni tartibga solish sohasidagi maxsus vakolatli respublika ijro etuvchi hokimiyat organlariga bepul taqdim etiladi.
lex.uz’dagi asl matn48-modda. Suvning va suv ob'yektlarining davlat monitoringi
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.