Suv kodeksi

6-modda. Suvga doir munosabatlar sohasidagi asosiy printsiplar

Suvga doir munosabatlar sohasidagi asosiy printsiplar quyidagilardan iborat: suv resurslaridan maqsadli va kompleks foydalanish hisobidan aholining, iqtisodiyot tarmoqlarining hamda ekotizimlarning suvga bo'lgan ehtiyojlarini qanoatlantirish; aholini ichimlik va xo'jalik-maishiy ehtiyojlar uchun zarur miqdordagi va sifati kafolatlangan suv bilan birinchi navbatda ta'minlash; suv ob'yektlaridan foydalanishda ularni muhofaza qilish ustuvorligi; suv ekotizimlarining maqbul holati va aholi salomatligini muhofaza qilish uchun qulay shart-sharoitlarni ta'minlash; suvga doir munosabatlar sub'yektlarining tengligi; suvni tejash, undan oqilona foydalanish va uni saqlashni qo'llab-quvvatlash; suv resurslarini boshqarishga doir ekotizimli yondashuv; suv resurslarini integratsiyalashgan holda boshqarish, yer usti, yer osti suvlarini va qaytarib tashlanadigan suvlarni muvofiqlashtirilgan holda boshqarish; suv resurslarini boshqarish va ulardan foydalanishning havza hamda ma'muriy-hududiy printsiplarini uyg'unlashtirish; suv xo'jaligi sohasining iqlim o'zgarishiga moslashishini ta'minlash; suv ifloslanishining oldini olish, uni cheklash va kamaytirish; suv xo'jaligiga bozor iqtisodiyoti va davlat-xususiy sheriklik printsiplarini joriy etish; suv resurslarini boshqarish jarayonining ochiqligi, shaffofligini ta'minlash va ushbu jarayonga jamoatchilikni jalb etish; suvga doir munosabatlarda ilmiy va innovatsion faoliyatni rag'batlantirish; suv to'g'risidagi qonunchilikni buzish oqibatida yetkazilgan zararning o'rnini qoplash; suvga doir munosabatlar sub'yektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.