Suvdan foydalanish to'g'risidagi shartnomalar maxsus axborot tizimida elektron shaklda:
viloyatlararo va transchegaraviy ahamiyatga ega bo'lgan, shuningdek yirik va alohida muhim suv xo'jaligi ob'yektlaridan foydalanuvchi ayrim tashkilotlar bilan tuzilgan shartnomalar — O'zbekiston Respublikasi Suv xo'jaligi vazirligi tomonidan;
Qoraqalpog'iston Respublikasi Suv xo'jaligi vazirligi va irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi tarkibiga kiradigan foydalanuvchi tashkilotlar bilan tuzilgan shartnomalar — tegishliligi bo'yicha Qoraqalpog'iston Respublikasi Suv xo'jaligi vazirligi va irrigatsiya tizimlari havza boshqarmalari tomonidan;
suv yetkazib beruvchi tashkilotlar tomonidan fermer va dehqon xo'jaliklari, fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlari, xizmat ko'rsatish hududidagi boshqa suvdan foydalanuvchilar bilan tuzilgan shartnomalar — tumanlar qishloq xo'jaligi bo'limlari (Quvasoy shahar bo'limi) tomonidan ro'yxatdan o'tkaziladi.
Suvdan foydalanish to'g'risida belgilangan tartibda tuzilgan shartnomalar ro'yxatdan o'tkazilgan paytdan e'tiboran kuchga kiradi.
O'zbekiston Respublikasi Suv xo'jaligi vazirligi, Qoraqalpog'iston Respublikasi Suv xo'jaligi vazirligi va irrigatsiya tizimlari havza boshqarmalari, tumanlar qishloq xo'jaligi bo'limlarida (Quvasoy shahar bo'limida) ro'yxatdan o'tkazilishi lozim bo'lgan suvdan foydalanish to'g'risidagi shartnomalarning ro'yxati O'zbekiston Respublikasi Suv xo'jaligi vazirligi tomonidan tasdiqlanadi.
Suvdan foydalanish to'g'risidagi shartnomalar reyestri O'zbekiston Respublikasi Suv xo'jaligi vazirligi huzuridagi Suv xo'jaligi ob'yektlari xavfsizligini va suvdan foydalanishni nazorat qilish inspektsiyasiga va uning hududiy bo'linmalariga (sun'iy suv ob'yektlaridagi suvdan foydalanilganda), shuningdek O'zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o'zgarishi vazirligining tegishli organlariga (tabiiy suv ob'yektlaridagi suvdan foydalanilganda) belgilangan tartibda nazoratni ta'minlash uchun beriladi.
lex.uz’dagi asl matn67-modda. Suvdan foydalanish to'g'risidagi shartnomani ro'yxatdan o'tkazish
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.