Suv kodeksi

68-modda. Suv olish limitlarini belgilash

Suv olish limitlari: suv manbalarining keyingi gidrologik yildagi suvliligi prognozi; suvdan foydalanish turlarining (iqtisodiyot tarmoqlarining) ustuvorligi; ajratilayotgan suv olish kvotasining prognoz qilinayotgan hajmi inobatga olingan holda belgilanadi. Ichimlik va xo'jalik-maishiy, shuningdek davolash ehtiyojlari uchun suv olish limitlari ajratilgan suv olish kvotasidan kam bo'lishi mumkin emas. Suv olish limitlari tegishli gidrografik zonadagi boshqa suvdan foydalanuvchilar uchun suv olish kvotalariga nisbatan teng foizda belgilanadi. Suv olish limitlari suv manbalari, hududlar va iqtisodiyot tarmoqlari bo'yicha: O'zbekiston Respublikasi Suv xo'jaligi vazirligi tomonidan — yiliga ikki marta vegetatsiya davri uchun 20 martgacha (1 aprel — 30 sentyabr) va kuz-qish davri uchun 20 sentyabrgacha (1 oktyabr — 30 mart) bo'lgan muddatda — Qoraqalpog'iston Respublikasi Suv xo'jaligi vazirligi va irrigatsiya tizimlari havza boshqarmalariga, viloyatlararo va transchegaraviy ahamiyatga ega bo'lgan magistral kanallar (tizimlar) boshqarmalariga, energetika, ichimlik va xo'jalik-maishiy suv ta'minoti ob'yektlaridan foydalanuvchi alohida korxonalar va tashkilotlarga; Qoraqalpog'iston Respublikasi Suv xo'jaligi vazirligi va irrigatsiya tizimlari havza boshqarmalari tomonidan — yiliga ikki marta vegetatsiya davri uchun 25 martgacha va kuz-qish davri uchun — 25 sentyabrgacha bo'lgan muddatda irrigatsiya tizimlari boshqarmalariga, suv yetkazib beruvchi tashkilotlarga, shuningdek boshqa alohida ahamiyatga ega bo'lgan suvdan foydalanuvchilarga; xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlari tomonidan — vegetatsiya davri uchun 28 martgacha va kuz-qish davri uchun 28 sentyabrgacha bo'lgan muddatda — suvdan foydalanuvchilarga va fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlariga (shaxsiy tomorqa yer uchastkalarini sug'orish uchun), shuningdek boshqa suvdan foydalanuvchilarga belgilanadi. Yer ostidan suv olish limiti suvdan maxsus foydalanishga doir ruxsatnomalarda ko'rsatiladi hamda rasmiylashtirish chog'ida ruxsatnomaning amal qiladigan muddatiga belgilanadi. Suv manbalarining suvliligi kamaygan yoki ko'paygan hollarda suv olish limitlariga tuzatishlar kiritilishi mumkin. Suvdan foydalanishning belgilangan davri tugaganidan keyin ikki oylik muddatda maxsus vakolatli organlar tomonidan manbalarning amaldagi suvliligi hisobga olingan holda, o'tgan davr uchun suv olishning uzil-kesil limitlari tasdiqlanadi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.