Suv kodeksi

76-modda. Suv resurslaridan qishloq xo'jaligi ehtiyojlari uchun foydalanuvchi suvdan foydalanuvchilarning majburiyatlari

Suv resurslaridan qishloq xo'jaligi ehtiyojlari uchun foydalanuvchi suvdan foydalanuvchilar ushbu Kodeksning 75-moddasida nazarda tutilgan majburiyatlardan tashqari: qishloq xo'jaligi ekinlari va dov-daraxtlarini sug'orish, shuningdek yaylovlarga suv chiqarishning qulay rejimini saqlashi; suvni tejaydigan sug'orish texnologiyalarini va ilg'or sug'orish texnikasini joriy etish orqali sug'orish vositalari va uslublarini takomillashtirishi; qishloq xo'jaligi ehtiyojlari uchun foydalaniladigan suvlarning monitoringi asosida salbiy jarayonlarning sabablari va oqibatlarini bartaraf etishi; qishloq xo'jaligi ekinlarini sug'orishning, shuningdek yaylovlarga suv chiqarishning qulay rejimini saqlab turish; suvni tejash imkonini beradigan agrotexnika tadbirlarini amalga oshirishi; tuproq unumdorligini saqlash imkonini beradigan melioratsiya tadbirlarini amalga oshirishi; agar suvlarning oqizib yuborilishi texnologik jarayonda nazarda tutilmagan bo'lsa, sug'orish uchun berilgan suvlarning kollektor-drenaj tarmog'iga, suv ob'yektlariga va joy relyefiga oqizib yuborilishiga yo'l qo'ymasligi; tegishliligi bo'yicha suv xo'jaligi ob'yektlarini qurish, rekonstruktsiya qilish, ta'mirlash va tiklash ishlarida qonunchilikda belgilangan tartibda ishtirok etishi shart.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.