Suv kodeksi

88-modda. Suv ob'yektlarini aholining ichimlik va xo'jalik-maishiy ehtiyojlari uchun ustuvor ravishda berish

Suv ob'yektlari birinchi navbatda aholining ichimlik va xo'jalik-maishiy ehtiyojlarini qanoatlantirish uchun foydalanishga beriladi. Aholining ichimlik, xo'jalik-maishiy suv ta'minoti va boshqa ehtiyojlari uchun beriladigan suv ob'yektlari suvining sifati belgilangan sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga, shuningdek milliy standartlarga muvofiq bo'lishi kerak. Ichimlik va xo'jalik-maishiy suv ta'minoti uchun berilgan suv ob'yektlaridan foydalanish ushbu Kodeksga muvofiq amalga oshiriladi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.