Suv kodeksi

89-modda. Yer osti chuchuk suvlaridan ichimlik va xo'jalik-maishiy suv ta'minoti bilan bog'liq bo'lmagan ehtiyojlar uchun foydalanishni cheklash

Yer osti chuchuk suvlaridan ichimlik va xo'jalik-maishiy suv ta'minoti bilan bog'liq bo'lmagan ehtiyojlar uchun foydalanishga yo'l qo'yilmaydi, bundan ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilgan hollar mustasno. Zarur bo'lgan yer usti suv manbalari bo'lmagan hamda yer osti chuchuk suvlarining yetarli zaxiralari bo'lgan hududlarda tasdiqlangan limitlarga muvofiq tog'-kon sanoati va geologiya organlari ushbu suvlardan ichimlik va xo'jalik-maishiy suv ta'minoti bilan bog'liq bo'lmagan maqsadlar uchun foydalanishga ruxsat berishi mumkin. Yer osti suvlarining davlat monitoringi natijalari bo'yicha yer osti chuchuk suvlari sathining tizimli kamayishi belgilangan hududlarda quduqlarni qazish, gidrogeologik xulosa va suvdan maxsus foydalanish uchun ruxsatnoma berish cheklanishi, to'xtatib turilishi yoki taqiqlanishi mumkin.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.