Suv kodeksi

96-modda. Suv ob'yektlaridan sanoat maqsadlari hamda issiqlik va atom energetikasi ehtiyojlari uchun foydalanish

Suv ob'yektlaridan sanoat maqsadlari hamda issiqlik va atom energetikasi ehtiyojlari uchun foydalanadigan suvdan foydalanuvchilar, ushbu Kodeksning 75-moddasida nazarda tutilgan majburiyatlardan tashqari, ishlab chiqarish texnologiyasini takomillashtirish, suv ta'minotining aylanma hamda takroriy tizimlarini joriy etish orqali suv sarfini kamaytirish va oqova suvlarning suv ob'yektlariga oqizib yuborilishini tugatish bo'yicha choralar ko'rishi, shuningdek suvning radioaktiv ifloslanishi belgilangan normalardan oshishiga yo'l qo'ymasligi shart. Yangi sanoat ob'yektlari loyihalashtirilayotganda va amaldagilari rekonstruktsiya qilinayotganda aylanma suv ta'minoti nazarda tutilishi kerak, bundan ishlab chiqarish shart-sharoitlariga ko'ra aylanma suv ta'minotiga o'tkazilishi mumkin bo'lmagan korxonalar va boshqa ob'yektlar mustasno. Aylanma suv ta'minotiga ega bo'lmagan ishlab turgan korxonalar uchun ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o'zgarishi organlari tomonidan suv xo'jaligi organlari hamda boshqa vakolatli organlar bilan kelishuvga ko'ra qonunchilikka muvofiq ularni aylanma suv ta'minoti tizimiga o'tkazish muddatlari belgilanadi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.