Suv ob'yektlaridan gidroenergetika ehtiyojlari uchun foydalanish elektr energetikasi tizimining barqarorligini ta'minlash maqsadida iqtisodiyotning boshqa tarmoqlari va aholining manfaatlari hisobga olinib, suvlardan kompleks va oqilona foydalanish hamda ularni muhofaza qilish talablariga rioya etilgan holda suv xo'jaligi organlari bilan kelishuvga ko'ra amalga oshiriladi.
Gidroenergetika korxonalari ushbu Kodeksning 96-moddasida nazarda tutilgan majburiyatlardan tashqari:
suv ob'yektlarining foydalanish qoidalarida belgilangan ish rejimiga, shu jumladan suv omborlarini to'ldirish va ulardan suv chiqarish hamda suvning yuqori va quyi sathi o'zgarishining rejimiga rioya etishi;
sanitariya va tabiatni muhofaza qilish maqsadlarida suv chiqarib turilishini ta'minlashi shart.
lex.uz’dagi asl matn97-modda. Suv ob'yektlaridan gidroenergetika ehtiyojlari uchun foydalanish
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.