Suv kodeksi

98-modda. Suv ob'yektlaridan baliqchilik va ovchilik xo'jaligi ehtiyojlari uchun foydalanish

Baliqchilik (shu jumladan sanoat maqsadida baliq ovlash) va baliq yetishtirish, baliq resurslarini hamda boshqa tegishli resurslarni saqlash va urchitib ko'paytirish maqsadida suv ob'yektlari yoki ularning qismlari, shuningdek suvni va suv ob'yektlarini muhofaza qilish chizig'i uchastkalari baliqchilik xo'jaligining ehtiyojlari uchun berilishi mumkin. Yovvoyi hayvonlar va qushlar yashaydigan joy bo'lib xizmat qiladigan suv ob'yektlaridan ovchilik xo'jaligi ehtiyojlari uchun ov qilish joylari sifatida foydalanish mumkin. Davlat qo'riqxonalarining, kompleks (landshaft) buyurtma qo'riqxonalarining, tabiat bog'larining, davlat biosfera rezervatlarining va muhofaza qilinadigan boshqa tabiiy hududlarning suv ob'yektlari ov qilish joylariga kirmaydi. Ov qilish joylari ovchilik xo'jaligini yuritish uchun yuridik shaxslarga berilishi mumkin. Suv ob'yektlaridan baliqchilik xo'jaligi ehtiyojlari uchun foydalanish tartibi O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi. Suv ob'yektlaridan ovchilik xo'jaligi ehtiyojlari uchun foydalanish tartibi qonunchilikda belgilanadi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.