Lozim darajada xabardor etish deganda kreditorga, tegishli vakolatli organga, shuningdek ushbu Qonunning 12-moddasiga muvofiq kreditorlar yig'ilishida ishtirok etish huquqiga ega bo'lgan boshqa shaxsga kreditorlar yig'ilishi o'tkazilishi haqidagi xabarni kreditorlar yig'ilishi o'tkaziladigan sanadan kamida ikki hafta oldin pochta aloqasi orqali yoki bunday xabar kreditorlar yig'ilishi o'tkaziladigan sanadan kamida besh kun oldin olinishini ta'minlovchi boshqa usulda yuborish tushuniladi.
Kreditorni yoki kreditorlar yig'ilishida ishtirok etish huquqiga ega bo'lgan boshqa shaxsni shaxsan xabardor qilish uchun zarur ma'lumotlarni aniqlash imkoni bo'lmaganda yoxud mazkur shaxslarni shaxsan xabardor etish imkonini bermaydigan boshqa holatlar mavjud bo'lgan taqdirda kreditorlar yig'ilishi o'tkazilishi haqidagi xabarning O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan tartibda va u belgilagan ommaviy axborot vositasida e'lon qilinishi ana shunday shaxslarni lozim darajada xabardor qilish deb e'tirof etiladi.
Kreditorlar yig'ilishini o'tkazish to'g'risidagi xabarda quyidagi ma'lumotlar bo'lishi kerak:
qarzdor yuridik shaxsning nomi va joylashgan yeri;
kreditorlar yig'ilishi o'tkaziladigan sana, vaqt va joy;
kreditorlar yig'ilishining kun tartibi;
kreditorlar yig'ilishida ko'rib chiqilishi lozim bo'lgan materiallar bilan tanishish tartibi;
kreditorlar yig'ilishi ishtirokchilarini ro'yxatga olish tartibi;
qarzdor yakka tartibdagi tadbirkorning yoki jismoniy shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi va yashash joyi.
Sud boshqaruvchisi kreditorlar yig'ilishida ko'rib chiqilishi lozim bo'lgan materiallar bilan yig'ilish o'tkaziladigan sanadan kamida uch ish kuni ilgari tanishish uchun kreditorlarga imkoniyat yaratishi kerak.
lex.uz’dagi asl matn«To'lovga qobiliyatsizlik to'g'risida»gi qonun (bankrotlik)
14-modda. Kreditorlar yig'ilishi o'tkazilishi to'g'risida xabardor etish
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.