«To'lovga qobiliyatsizlik to'g'risida»gi qonun (bankrotlik)

145-modda. Tugatish rejasi

Tugatish rejasida quyidagilar bo'lishi kerak: qarzdorning moliyaviy ahvoli to'g'risidagi ma'lumotlar; kreditorlarning talablarini qanoatlantirish shartlari, tartibi, navbati va nisbati; qarzdor mol-mulki egasining, mehnat jamoasining manfaatlari hisobga olinganligi; sotilishi lozim bo'lgan mol-mulk ro'yxati; mol-mulkni sotish sanasi, vaqti, joyi va usuli; sud xarajatlarini to'lash, tugatish boshqaruvchisiga, ekspertlarning va boshqa shaxslarning faoliyatiga haq to'lash shartlari. Tugatish rejasi kreditorlarning yig'ilishi bilan kelishib olinishi kerak va, agar reja talablar jami summasining kamida uchdan ikki qismini ifoda etuvchi kreditorlar tomonidan qo'llab-quvvatlansa, ma'qullangan deb hisoblanadi. Agar tugatish rejasi ma'qullanmagan bo'lsa, kreditorlar esa tugatish rejasini bir hafta muddatda taqdim etmagan bo'lsa, tugatish boshqaruvchisi o'z rejasini tasdiqlaydi. Agar qarzdorning o'zi to'lovga qobiliyatsizlik to'g'risida ish qo'zg'atish tashabbuskori bo'lsa, u o'z tugatish rejasini taqdim etishga haqli. Tugatish rejasi asosida mol-mulk sotiladi hamda kreditorlarning qarzdorga qo'yadigan talablari ushbu Qonunning 149, 150, 154 va 185-moddalarida belgilangan tartibda qanoatlantiriladi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.