«To'lovga qobiliyatsizlik to'g'risida»gi qonun (bankrotlik)

147-modda. Qarzdorning mol-mulkini baholash

Tugatishga doir ish yuritish jarayonida tugatish boshqaruvchisi qarzdorning mol-mulkini inventarizatsiya qiladi va uning qiymatini belgilaydi. Tugatish boshqaruvchisi mazkur faoliyatni amalga oshirish uchun baholovchi tashkilotni va boshqa mutaxassislarni ularning xizmatlari uchun qarzdorning mol-mulki hisobidan haq to'lagan holda jalb etishga, agar kreditorlar yig'ilishi yoki kreditorlar qo'mitasi tomonidan haq to'lashning boshqa manbai belgilanmagan bo'lsa, haqli. Ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ulushi bo'lgan qarzdorning mol-mulki baholanayotganda baholovchi tashkilot jalb etilishi shart. Qarzdorning kreditorlari yig'ilishi yoki kreditorlari qo'mitasi mazkur xizmatlar haqini to'lash majburiyati zimmasiga yuklatiladigan, qilgan xarajatlarining o'rni keyinchalik qarzdorning mol-mulki hisobidan navbatdan tashqari qoplanadigan shaxsni, agar uning o'zi rozi bo'lsa, tayinlashga haqli. Agar tugatishga doir ish yuritish jarayonida haq to'lash ko'chmas mol-mulk bilan amalga oshirilayotgan bo'lsa, mazkur mol-mulk, agar kreditorlar yig'ilishi yoki kreditorlar qo'mitasi tomonidan boshqacha qoida belgilanmagan bo'lsa, uni sotishdan oldin baholovchi tashkilot tomonidan baholanadi. Qarzdorning majburiyatlar bajarilishining ta'minoti sifatida turgan mol-mulkini baholash baholovchi tashkilot tomonidan majburiy tartibda o'tkaziladi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.