Tugatish boshqaruvchisi tugatishga doir ish yuritish jarayonida qarzdorning so'mda yuritiladigan yagona va valyutada yuritiladigan yagona hisobvaraqlaridan (bundan buyon matnda qarzdorning yagona hisobvaraqlari deb yuritiladi) foydalanishi shart. Qarzdorning bankdagi tugatishga doir ish yuritish boshlanayotgan paytda ma'lum bo'lgan, shuningdek tugatishga doir ish yuritish jarayonida aniqlangan boshqa hisobvaraqlari aniqlanishi bilanoq tugatish boshqaruvchisi tomonidan yopilishi lozim. Qarzdorning ana shu hisobvaraqlardagi pul mablag'lari qoldig'i qarzdorning yagona hisobvaraqlariga o'tkazilishi kerak.
Tugatishga doir ish yuritish jarayonida kelib tushgan pul mablag'lari ham qarzdorning yagona hisobvaraqlariga o'tkaziladi.
Qarzdorning yagona hisobvaraqlaridan kreditorlarga to'lovlar ushbu Qonunning 149, 150 va 185-moddalarida nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi hamda quyidagilar to'lanadi:
tugatish boshqaruvchisiga haq to'lash bilan bog'liq xarajatlar;
qarzdorning kommunal xizmatlarga va foydalanish xarajatlariga oid joriy to'lovlari;
to'lovga qobiliyatsizlik tartib-taomillari jarayonidagi ma'lumotlarni e'lon qilish, shuningdek qarzdorning kreditorlarini xabardor qilish bilan bog'liq xarajatlar;
tugatishga doir ish yuritishni amalga oshirish bilan bog'liq boshqa xarajatlar.
Tugatish boshqaruvchisi qarzdorning pul mablag'laridan foydalanganlik to'g'risidagi hisobotni kreditorlar yig'ilishiga yoki kreditorlar qo'mitasiga ushbu Qonunning 155-moddasida nazarda tutilgan tartibda taqdim etadi.
lex.uz’dagi asl matn«To'lovga qobiliyatsizlik to'g'risida»gi qonun (bankrotlik)
148-modda. Qarzdorning hisobvaraqlari
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.