Qarzdorning mol-mulki bilan ta'minlangan kreditorlarning talablarini qanoatlantirish ushbu mol-mulk sotilganidan keyin tushgan mablag'lar hisobidan amalga oshiriladi. Bu mablag'larning qoldig'i ushbu Qonunning 150-moddasiga muvofiq kreditorlarning talablarini qanoatlantirish uchun yo'naltiriladi.
Agar qarzdorning majburiyatlari bajarilishining ta'minoti sifatida berilgan mol-mulkini sotishdan tushgan summa kreditorlarning mazkur mol-mulk bilan ta'minlangan talablarini to'la qanoatlantirish uchun yetarli bo'lmasa, talablarning qolgan qismi ushbu Qonunning 150-moddasida belgilangan navbatga muvofiq qanoatlantiriladi.
Qarzdorning majburiyatlari bajarilishining ta'minoti sifatida berilgan mol-mulkini realizatsiya qilish bo'yicha elektron onlayn-auktsion shaklidagi kimoshdi savdosi va (yoki) takroriy elektron onlayn-auktsion shaklidagi kimoshdi savdosi amalga oshmagan deb topilgan taqdirda, mazkur mol-mulk talablari ushbu mol-mulk bilan ta'minlangan kreditorlarga o'z talablari hisobiga o'tkazish uchun belgilangan tartibda qabul qilish uchun taklif etiladi. Agar qarzdorning majburiyatlari bajarilishining ta'minoti sifatida berilgan mol-mulkining bozor qiymati kreditorlarning ushbu mol-mulk bilan ta'minlangan talablaridan ko'p bo'lsa, bunda yuzaga kelgan farqning o'rni mazkur mol-mulkni o'z talablari hisobiga qabul qilayotgan kreditorlar tomonidan pul shaklida qoplanadi.
Agar qarzdorning butun mol-mulki majburiyatlar bajarilishining ta'minoti sifatida qabul qilingan bo'lsa va mazkur mol-mulkni sotishdan tushgan summa kreditorlarning qarzdorning barcha mol-mulki bilan ta'minlangan talablari summasidan kam yoki unga teng bo'lib qolsa, u holda ushbu kreditorlarning talablarini qanoatlantirish ushbu Qonun 150-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan xarajatlarning o'rni qoplanganidan va talablar qanoatlantirilganidan keyin hamda ish haqi to'lash uchun pul mablag'lari berilishini nazarda tutuvchi to'lov hujjatlari bo'yicha talablar qanoatlantirilganidan keyin amalga oshiriladi.
lex.uz’dagi asl matn«To'lovga qobiliyatsizlik to'g'risida»gi qonun (bankrotlik)
149-modda. Qarzdorning mol-mulki bilan ta'minlangan kreditorlarning talablarini qanoatlantirish
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.